«Shalke» va Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Leon Goretska kelgusi faoliyati haqida kutilmagan qaror qabul qilishi mumkin.
Sport.es xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi 2018 yil yozida «Shalke»ni tark etishga qaror qilgan. Biroq, u «Barselona», «Bavariya» va «Real» taklifini qabul qilmoqchi emas.
Goretska Angliya Premer-ligasida to'p surishni orzu qilmoqda. Ayni paytda, unga «Chelsi» va «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirgan.
Avvalroq, «Shalke» futbolchiga klub tarixidagi eng ko'p maoshni taklif qilib, uni jamoada saqlab qolmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.