Ispan juftligini klub tarixida eng yaxshi tandemga aylandi.
Madridning "Real" klubi yarimhimoyachilari Isko va Asensio birgalikda 43 ta o'yinda maydonga tushishgan. Va ikkalasi 43 o'yinda raqiblar darvozasiga 33 ta gol shuningdek, 15 ta golga assistentlik qilishgan. Ikki yosh va iste'dodlar tandem bu orqali klub tarixida eng yaxshi juftliklardan biri bo'lib turishibdi (yarimhimoyachilari ichida), bu haqida klub rasmiy sayti xabar berib o'tadi.
Isko hozirgi kunda 25 yosh va 5 mavsumdan beri "Real" sharafini himoya qilib keladi. Hozirgicha futbolchi jamoada umumiy hisobda 26 ta gol kiritgan va shularning 16 tasi xal qiluvchi gollar bo'ldi va bu gollar Asensio maydonda payti amalga oshirildi. Misol uchun, ushbu mavsumda UEFA Superkubogi uchun kurashda "Real" (2:1) hisobida "MYU"ni taslim etdi va uchrashuvda hal qiluvchi golni Fransisko raqiblar darvozasiga joyladi.
Asensio 21 yoshni qarshiladi va 2 mavsumda beri "Real"da to'p suradi. U "Madrid" libosida 56 o'yinda 17 ta to'p kiritgan. Dastlabki mavsumida 10 ta va ushbu mavsumda hozircha 7 ta. "Golasso"ning "Barselona", "Sevilya", "Las-Palmas", "Real Sosedad", "Bavariya"ga kiritgan gollariga ortiqcha ta'rif berishga xojat yo'q menimcha.
Shuningdek, Asensio va Isko tandemi maydonda o'zaro 15 marta bir-birining gollariga assistentlik qilishgan. Sobiq "Malaga" futbolchisi Asensioning 10 ta goliga, Asensio esa Iskoning 5 ta goliga golli uzatmani amalga oshirgan.