«Real» 2018 yilning yozida tarkibni kuchaytirishni maqsad qilmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, klub prezidenti Florentino Peres xarid qilish uchun 4 nafar futbolchini o'zi uchun belgilab oldi.
Madridliklar darvoza chizig'iga «Manchester Yunayted»dan David de Xeani sotib olishmoqchi. Himoya pozitsiyasi uchun Bilbaoning "Atletik"idan Emerik Lyaportni taklif qilishni rejalashtirilmoqda.
«Real» hujum chizig'ini 2 nafar futbolchi bilan kuchaytirmoqchi. Ular — «Tottenxem» forvardi Xarri Keyn va «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann.