"Atletiko Madrid" darvozaboni Yan Oblak Ispaniya primerosining ushbu mavsumdagi eng yaxshi darvozaboni deb topildi, bu haqida La liganing twitterdagi rasmiy sahifasi xabar berib o'tadi.
Sloveniyalik darvozabon ketma-ket ikkinchi mavsumdirku ushbu unvonni hech kimga bermaydi. Ma'lumot uchun, 24 yoshli darvozabon ushbu mavsumda La Ligada 30 o'yinda maydonga tushib 21 ta to'p o'tkazib yuborgan.