"Real" klubi ushbu mavsum yakunidan so'ng jamoa yarimhimoyachisi Garet Beylni transferga qo'ymoqchi, deya xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" Uels terma jamoasi hujumchisi o'rniga nomzod qidirishni boshlagan. Beylning oxirgi jarohati klubdagilarning sabr kosasini to'ldirdi. Uelslik futbolchi 2013 yilda madridliklar safiga kelib qo'shilganidan buyon 19 marta jarohat oldi va jamoaning 55 foiz o'yinlarida qatnashgan.
O'tgan mavsum oxirlarida uning xizmatlariga "MYu" ustozi Joze Mourino qiziqqan, ammo "Real" futbolchiga bu mavsum ham imkoniyat berishga qaror qilgan edi.
"Real" Beylning transferi uchun 100 mln evro, uning shartnomasi 2022 yilda nihoyasiga etadi. Manchesterliklar uning uchun 120-150 mln evro to'lashga tayyor edilar, endi eesa uning transferi 70-80 mln evrodan oshmasligi kutilmoqda.