Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensio klub rahbariyatiga, shu jumladan prezident Florentino oldiga qattiq talab qo'ygan. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Manbalarada qayd etilishicha, agar Peres yozda «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azarni sotib oladigan bo'lsa, Asensio jamoadan ketishini aytib, rahbariyat oldiga ultimatum qo'ygan.
Eslatib o'tamiz, Asensioga juda ko'plab jamoalardan qiziqish bo'lmoqda, ammo madridliklar uni sotishni istashmayapti. Ammo Azar klubga olib kelinadigan bo'lsa, Asensioning o'zi jamoada qolmasligini bildirdi.