“Managing Madrid”ning xabar berishicha, Isko “Atletiko”ga qarshi o'yinda “Real”ga yordam bera olmaydi. Futbolchi Ispaniya va Kosta-Rika o'rtasidagi o'yinda jarohat oldi. Ispaniya termasi ustozi Xuan Lopetegining aytishicha, Isko 14 noyabrda Rossiyaga qarshi kechadigan o'rtoqlik o'yinida ham maydonga tusha olmaydi.
Madrid derbisi 18 noyabrda o'tkaziladi.