Madridning “Real” klubi “Lion” yarim himoyachisi Nabil Fekir xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi AS nashri. “Qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Zinedin Zidan 24 yoshli futbolchining harakatlarini kuzatib kelmoqda va uni Madridga ko'chib o'tishidan xursand bo'lishini yashirmayapti.
Evropa OAVlarining xabariga ko'ra, Fekir xizmatlariga “Barselona”, “Yuventus” va “Manchester Yunayted” klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Fekirning “Lion” bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi.
Ma'lumot uchun, Fekir joriy mavsum Frantsiya chempionatida 11 marta maydonga tushdi va xuddi shuncha gol urdi. Bundan tashqari 4 ta golga pas ham bergan. Shuningdek, Evropa Ligasida 4 ta uchrashuv o'tkazib, bitta gol urgan.