«Real» hujumchisi Karim Benzema o'zini jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan taqqosladi.
«Ronaldu menga qaraganda xudbinroq, ammo bu normal holat. Bir-birimizni yaxshi tushunamiz. U bilan o'ynash menga yoqadi. Uning xudbinligi meni xavotirga solmaydi. Boisi, gap jamoaning manfaati haqida ketmoqda», — dedi Benzema.
Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida Benzema va Ronaldu birgalikda 7ta o'yin o'tkazishdi, lekin ularning har biri 7tadan gol urishdi. "Qaymoqranglilar" Primerada "Barselona"dan 8 ochko ortda qolgan holda 3-o'rinda borishmoqda.