Sog'lig'idagi muammo sabab 1,5 oy maydonga tusha olmagan "Real Madrid" himoyachisi Daniel Karvaxal Ispaniya chempionatining 12-turidagi "Atletiko Madrid"ga qarshi kechadigan o'yinda maydonga tusha olishi mumkin.
"U mashg'ulotlar vaqtidagi mashqlarni bosqichma-bosqich kuchaytirishi kerak. Odatda sportchilarning tiklanishiga 4-6 hafta vaqt ketadi.
Muddatning oshirilishidan maqsadimiz – tiklanish yaxshi kechganiga ishonch hosil qilish edi", – dedi shifokor.
"Atletiko" – "Real" o'yini Toshkent vaqti bilan 19 noyabr kuni 00:45 da bo'lib o'tadi.