Neymar “PSJ”ga o'tganidan keyin “Real”ning futbolchiga bo'lgan qiziqishi ortdi. Ortdi deyishimizga sabab “qirollik klubi” shundog'am Neymarga qiziqardi, shunchaki u “Barselona”da o'ynab yurganida uni xarid qilish imkonsiz edi. Biroq Neymar Parijga ko'chib o'tgach, vaziyat o'zgardi. Qolaversa, uning Parijdagi hayoti silliqqina kechayotgani yo'q. Futbolchining yangi klubidagi ishlari unchalik joyida emas. Shu bois Florentino Peres vaziyatdan foydalanib, Neymarni Madridga olib kelmoqchi.
MARKAZIY HUJUMChI KERAK
Neymar ayni paytda “Real”ga kerak bo'lgan futbolchi, boisi “qirollik klubi”ning hujumdagi ishlari unchalik yaxshi emas, bu esa bevosita hujum chizig'I bilan bog'liq. Benzema garchi 9 yildan beri o'ynayotgan bo'lsa, klub darajasiga mos emas.
Bundan tashqari, “PSJ” klubi Neymarning tovon pulini belgilab qo'ygan — 222 mln evro. “Real” esa yozda Neymar uchun 450 mln evro to'lashga tayyor bo'lib turibdi. Demak, ilojsiz narsaning o'zi yo'q, degan jumla o'z tasdig'ini yana bir bor topishi mumkin.
“QIROLLIK KLUBI” 2 TA FUTBOLChISIDAN VOZ KEChMOQChI
Davomi