Qanot qiroli qaytmoqda.
"Madrid" o'ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal 1,5 oydan so'ng ilk bor maydonga tushishi mumkin. Ispaniyalik himoyachi yuragidagi xastalik butkul forig' bo'ldi va maydonga tushishga ruxsat berildi. Kanteranoning maydonga qaytishi "Atletiko"ga qarshi o'yinda bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 18-noyabrdan 19-noyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45 da "Vanda Metropolitano" stadionida "Atletiko" va "Real" uchrashuvlari bo'lib o'tadi.