Ispaniyaning ESPN televediniya kanali Madridning "Real" klubi yarimhimoyachi Garet Beylni sotmoqchi ekanligi haqidagi xabarni e'lon qildi. Unga ko'ra uelslik futbolchining so'nggi paytlarda tinimsiz jarohat olishi va stabil o'yin ko'rsata olmayotganligi sabab qilib ko'rsatildi.
Hozirgi paytda Beylning transfer narxi 85 mln yevro qilib belgilandi va "Qirollik klubi" yana bir bor "Manchester Yunayted" Beyl transferiga qaytishini kutayotganligini ta'kidlandi. Hozircha futbolchining narxi boshqa pastga tushmasligini aytib o'tilmoqda.