Ispaniyalik yarimhimoyachi Isko kecha Kosta-Rika bilan o'yinda jarohat olgani haqida xabar berib o'tgan edik. Futbolchi Amerikaliklar bilan o'yin paytida Kendall Uoston tomonidan kuchli zarba qabul qilib oldi va oradan bir necha daqiqa o'tib u murabbiylardan o'zini almashtirishni so'radi.
Keyinchalik aniqlangan xabarlarga ko'ra Fransisko chap oyoq sonidan jarohat olgani aniqlandi. Jarohat jiddiy bo'lishi mumkin, agar jarohat jiddiy bo'lib chiqsa "Qirollik klubi" Iskoni bir nechta xaftaga yo'qotishi mumkin. Shuningdek, sobiq "Malaga" futbolchisining Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinda maydonga tusha olmasligi katta so'roq ostida xuddi La Liga baxsida "Atletiko" bilan o'yindagi kabi.