"Chelsi" forvardi Alvaro Morata Ispaniyaning Cadena SER nashriga intervyu berib o'tdi.
"Men Iskoni "Chelsi"da ko'rishni xohlardim, biroq u hozirda "Qirollik klubi"da asosiy uslub "kaliti" vazifasida harakat qilmoqda, xuddi Ispaniya terma jamoasidagi kabi. Mening o'ylashimcha uni to'xtatib qolish imkonsiz, agarda hal qiluvchi pallaga kirgan payt bo'lsa. Butun dunyo uni "Madrid"ning lideri sifatida ko'rmoqda. Isko - "Madrid"ning eng asosiy futbolchisi va terma jamoaning ham. U to'p orqali xuddi raqsga tushayotgandek bo'ladi.
Mening ketishimga kelsak, men shunchaki ko'proq futbol o'ynashni xohladim va buni murabbiyga ham aytib o'tdim. Men "Real"ning muxlisiman, lekin "Chelsi" futbolchisiman. Albatta, "Qirollik klubi"ga qaytishni xohlardim, biroq endi bu imkonsiz", - deydi Alvaro Morata.