Ispaniyaning AS nashri juranlistlari qiziq ma'lumotni taqdim etishdi. "Real" yarim himoyachisi Garet Beyl kuni kecha jamoa mashg'uloti paytida navbatdagi jarohatini oldi va bir oyga safdan chiqdi.
Uelslik futbolchining transferi, unga to'layotgan maosh va mukofotlarni qo'shib hisoblaganda "Qirollik klubi" shu paytgacha Beyl uchun jami 170 million evro safralagan. Garet «Madrid» safida 159ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan.
Demak, Beylning har bir bahsi «Real»ga 1 million evrodan ortiqqa tushgan.