«Real» yarim himoyachisi Isko Kosta-Rikaga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida jarohat oldi. Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi futbolchi Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok eta olmasligini mumkinligini ta'kidladi. O'rtoqlik bahsi 14 noyabr kuni Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi.
«U kuchli zarba qabul qildi. Hozircha hech narsa deya olmayman. Rossiyaga uchib ketish oldidan Iskoning holatini baholashimiz kerak», — dedi murabbiy.