Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Isko Kosta-Rikaga qarshi uchrashuvda jarohat orttirib olgan bo'lishi mumkin va Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvda ham ishtirok etish-etmasligi so'roq ostida. Bu haqida ispanlar ustozi Xulen Lopetegi matbuot anjumanidan xabar berib o'tadi.
"Isko kuchli zarba qabul qilib oldi. Hozircha uning jarohati jiddiymi yoki aksi bu haqida bir narsa deya olmayman. Ertaga futbolchining xolati haqida aniq ma'lumot beramiz", - deydi bosh murabbiy.