Madridning "Real" klubi "Lion" yarimhimoyachisi Nabil Fekirga qiziqmoqda, bu haqida AS nashri xabar berib o'tadi.
Futbolchiga "Real"dan tashqari "Barselona", "Manchester Yunayted" va "Yuventus" ham qiziqmoqda. O'tgan yillarda Fekir Zinedin Zidan qo'l ostida shug'ullanishga qarshi emasligi haqida gapirib o'tgan edi.
Fransiyalik futbolchining "Lion" bilan amalgadi shartnomasi 2020-yilda yakuniga yetadi. Ushbu mavsumda hujumkor yarimhimoyachi Fransiya chempionatida 11 o'yinda maydonga tushib 11 ta gol va 4 ta golga assistentlik qilgan.