Ispaniyaning AS nashri Madridning "Real" klubi 4 yil davomida Beyl ortidan qancha zarar ko'rganini aniqladi.
Madridliklar futbolchi uchun 2013-yilda "Tottenhem"ga 100,7 mln yevro to'lashgan. Shu vaqt oralig'ida Beyl mayda jarohatlardan tashqari 19 marta jarohat olgan.
Hozirgacha Beyl ish xaqi va turli bonuslar sabab klubdan 168,6 mln yevro foyda ko'rgan. O'tgan 4 yil davomida Garet "Madrid" libosida 159 ta o'yinda maydonga tushgan va bu degani "Real" uelslik futbolchining har bir uchrashuvda maydonga tushishiga qarib 1 060 377 mln yevro tushmoqda.