"Real Sosedad" klubi o'ng qanot himoyachisi Alvaro Odriosola Ispaniyaning Marca nashriga kichik intervyu berib o'tdi.
Hayoti haqida:
"Futboldagi rejalarim juda tez o'zgarib ketdi. 10 oy oldin men klubning o'rinbosarlar tarkibida to'p surar edim va hozir Ispaniya terma jamoasiga chaqirilyapman. Hammasi tezda o'zgarib ketdi, lekin inson sifatida men o'zgarmadim".
Kumir haqida:
"Futbolchi sifatida - Zidan. U mening kumirlarimdan biri".
Namunaviy futbolchi haqida:
"Karvaxal. U men uchun dunyoning eng kuchli qanot futbolchisi. Mening uslubim ham unga o'xshab ketadi va men undan ko'p narsa o'rganaman".
Jahon chempionati haqida:
"Xa, bu orzu. Men har doim aytib kelaman, bu yutuqlar tinimsiz mehnatlar samarasi. Dunyoning eng kuchli futbolchilari bilan birga bo'lish, bu tush, bu chegara".