"Real" Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida safarda "Atletiko"ga qarshi bahs olib boradi. 18 noyabr kuni «Vanda Metropolitano»da bo'lib o'tadigan o'yinda Keylor Navas "Qirollik klubi"ga yordam bera olmasligi mumkin. Boisi, kosta-rikalik posbon hamon "qaymoqranglilar"ning umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilmadi.
Keylorning o'zi Madrid derbisigacha tiklanishga umid qilmoqda, ammo vaqt o'tib bormoqda. Bundan tashqari, Zidan bunday holatlarda tavakkal qilmaydi va jismoniy jihatdan tayyor bo'lgan o'yinchini maydonga tushiradi.
Navas mushagidan olgan jarohat kutilganidan-da jiddiyroq bo'lib chiqdi. Darvozabon hozircha trenajyor zalida shug'ullanmoqda. U «Madrid»ning so'nggi 5ta o'yinini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Keylor oxirgi marta 17 oktyabr kuni «Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tgan «Tottenxem»ga qarshi o'yinda darvozani qo'riqlagandi. Jamoa shifokorlari Keylor Navasni Madrid derbisigacha tayyor holga keltirish uchun barcha chorani qo'llamoqda.
«Atletiko»ga qarshi o'yinda Keylor maydonga tusha olmasa, darvozada Kiko Kasilya turadi. Zidanda deyarli boshqa variant yo'q: Luka Fernandes operatsiyadan keyin tiklanish jarayonini o'tamoqda.
"Atletiko"ga qarshi kechadigan muhim o'yinda Zidan darvozani kimga ishonib topshiradi. Bir haftadan keyin bu savolga javob olamiz.