"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olyas OAV hujumchi Mariano "Real"ga qaytishi to'g'risidagi gap-so'zlarga e'tibor qaratib o'tdi.
"Real" Mariano Diazni istagan payti sotib ololmaydi. Uning shartnomasida hech qanday qayta sotib olish bandi ko'rsatilmagan", - deya yozadi Olyas o'z twitterdagi rasmiy sahifasida.
Mariano "Lion" safiga 8mln yevro evaziga ushbu mavsumda borib qo'shilgan edi. Hozircha uning Liga 1 dagi statistikasi 12 ta uchrashuvda 9 gol va 1 ta assist.