“Lion” prezidenti Jan-Mishel Olyas matbuotdagi gaplarga javob qaytardi. Matbuotda “Real” “Lion” hujumchisi Mariano Diasni istalgan paytda qaytarib sotib olishi mumkinligi yozilgandi.
“Real” Diasni istagan paytda qaytib sotib olishi mumkin?! Bu noto'g'ri. Chunki bizning shartnomamizda “Real”ga Diasni qayta sotib olish huquqini beradigan band yo'q”, deb yozdi prezident tvitterdagi sahifasida.
Mariano o'tgan mavsumda “Real”dan “Lion”ga 8 mln evro evaziga o'tgandi. U ayni damda Liga 1 da to'purarlardan biri hisoblanadi.