Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Bu mening murabbiylik faoliyatimdagi eng baxtli kunim.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 38-turidan o'rin olgan "Malaga"ga qarshi chempionlik o'yinidan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Málaga - Real Madrid

"Biz 38 o'yin kuni davomida juda qattiq mehnat qilgan holda chempionlikka erishdik. Ispaniya oliy divizioni dunyoning eng kuchli ligasi. Bu men uchun murabbiy sifatida muhim voqeadir. Muvafaqqiyat kaliti jamoani qo'lida. Jamoa futbolchilari butun mavsum davomida bir butun bo'lishdi va bu La Ligani shu mavsumi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Har kim maqtovga loyiq, lekin avvalombor o'yinchilar bunga loyiq. Ular meni gapimga ishonishdi. Bu meni murabbiy sifatida eng baxtli kunim, Men bu klub bilan hammasini yutdim va La Ligani yutish eng zo'ri".

"Bu o'yinchilar, o'sha yerda, maydonda bo'ladilar, ular o'ynaydilar va azob chekadilar. Ular 24 ta, ularni barchasiga bir xil o'yin amaliyoti berish qiyin, lekin ular hal qiluvchi hisoblanadilar. Muvaffaqqiyat mehnatga bog'liq, ular buni amallashdi va qiladigan ishiga ishonch ham muvaffaqqiyatni asosiy omillaridan biri. Agar siz astoydil ishlasangiz, bu tarkib bilan men La Ligani yutishni amalladim va bu shunchaki jasorat emas".

Baxt

"Men rostan ham xursandman va mamnunman. Men La Ligani yutganimdan xursandman. Biz 38 ta o'yin kunini o'tkazdik va birinchi o'rinni egalladik. Bu meni professional hayotimdagi eng baxtli kunim, bu boshqacha hissiyot. Biz oxirgi - "Sevilya", "Selta" va "Malaga"ga qarshi o'yinlarni yutdik. Biz La Liga musobaqasi davomida kurashib keldik, lekin bu 3 ta o'yin hal qiluvchi ahamiyatni kasb etdi".

"Vazifa bajarildi"

"Real Madrid" murabbiyi sifatida siz o'zingizdan kutilayotgan ish darajasini bilasiz. Menga bu yoqadi. Endi biz o'z jamoasini ko'rishi kerak bo'lgan muxlislarni ko'rish uchun Madridga qaytamiz va Sibelesga boramiz. Men bu sovrinni barcha madridistlarga va jamoa ortida bo'lganlarga bag'ishlayman. Shaxsiy hayotda esa - bu oilam va eng katta akam uchun. Garchi u meni ispanchasiga nima deganimni tushunmasa ham".

"Men har 3 kunda, har o'yinda qiynaldim. Bunda katta bosim bo'ladi. Biz shu uchun yashayapmiz va men sevimli ishimni qilayapman. 9 oydan so'ng biz chempionatni yutdik va 4 yildan keyin buni so'zlarda ifoda etish qiyin bo'ladi".

"Malaga"

"Ular o'z futbolini o'ynashdi. Ular yaxshi jamoa va ular oxirgi vaqtlarda ko'p o'yinlarni yutishdi. Biz qiyin bo'lishini bilgandik, lekin biz darhol gol urdik va bu biz uchun ishni yengillashtirdi".

Chempionlar Ligasi finali

"Men hozircha Chempionlar Ligasi finali haqida o'ylamayman, men shunchaki erishgan yutug'imizdan rohat olmoqchiman. Qachonki mavsumni boshlasangiz La Ligani sizni noningiz va sariyog'ingiz ekanini bilasiz. Men ayni hozir turib raqsga tushishim mumkin, lekin men buni qilmoqchimasman, lekin ich-ichimdan juda xursandman".

 

BestMaster
22 May 2017, 18:59
zidan, mening, murabbiylik, faoliyatimdagi, baxtli, kunim,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads