"Real Madrid" vingeri Garet Beyl jarohati sababli kamida yana bir oy maydonga tusha olmasligi mumkin, bu haqida AS nashri xabar berib o'tadi.
Agarda yuqoridagi tahmin to'g'ri bo'lsa Beyl bo'lajak 7 ta o'yinni o'tkazib yuboradi. Bular ichida "Atletiko Madrid", "Apoel", "Sevilya", "Atletik Bilbao" va "Borussiya Dortmund" kabi kuchli raqiblarga qarshi uchrashuvlar ham bor.
Eslatib o'tamiz, Beyl so'nggi marta 26-sentyabr kuni maydonga tushgan edi.