"Real Madrid" futbolchilari bugun navbatdagi mashg'ulotlarni yakunladi. Mashg'ulotlarda asosan terma jamoadan chetda qolgan futbolchilar ishtirok etdi. Quvonarli jihati Kosta-Rikalik darvozabon Keylor Navas ham jarohatidan tuzalib bugun mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Mateo Kovachich ham to'p bilan mashqlarni davom ettirmoqda.