Braziliya terma jamoasi himoyachisi Marselo Yaponiyaga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida (3:1) juda chiroyli gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Real" futbolchisi raqib jarima maydonchasi tashqarisida kuchli zarba bilan to'pni to'sin ostidan darvozaga joylab qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi Lill shahrida bo'lib o'tgan o'yinda Yaponiyani mag'lub etdi. Neymar Yaponiya darvozasiga belgilangan 2ta penaltidan bittasini golga aylantira olmadi.