«Real»ning Instgramdagi rasmiy profili jamoaning mashg'ulot jarayonidan videolahvani taqdim etdi.
Mashg'ulot paytida "Qirollik klubi" hujumchisi Krishtianu Ronaldu qanotdan etkazilgan to'pni elkasi bilan urib, darvozaga joyladi. Portugaliyalik futbolchining darvozagacha 7 metr masofadan zarbasidan keyin to'p olis yuqori burchakka borib tushdi.
Shundan so'ng Ronaldu ortga burildi va mashg'ulot maydonchasidagi narigi darvozaga olis masofadan zarba berib, bu safar ham gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu Portugaliya terma jamoasining Saudiya Arabistoni va AQShga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun yig'inga taklif etilmadi. Shu bois u "Real" safida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.