Darvozabon klub bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
"Atletik Bilbao" mutasaddilari darvozabon Kepa Arrisabalaganing vaziyati jiddiyligini anglab yetishmoqda. 23 yoshli futbolchining shartnomasi 2018-yil 30-iyunda yakuniga yetadi va futbolchini yangi shartnomaga imzo chekishga shoshilmayapdi. Voqealar rivoji shu ketishda davom etsa 1-yanvarda golkiper boshqa klub bilan muzokara o'tkazishga huquq oladi.
Kepa uchun da'vogarlardan bittasi "Real Madrid" bo'lib turubdi. Yosh darvozaboninng o'zi ham "Madrid"ga o'tishga qarshi emas. Madridliklar futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 20 mln yevro tovon pulini to'lashga tayyor.
Ispaniya terma jamoasining 3-raqamli darvozaboniga "Arsenal" va "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda. Turinliklar Janluidji Buffon o'rniga, "Arsenal" esa Petr Chex o'rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda.