"Real" yarimhimoyachisi Marko Asensio asosiy tarkibga ko'p o'rin olmayotganidan tashvishda emas.
"Men 21 yoshdaman va hammasiga tayyorman. "Real" yoki Ispaniya termasidagi o'yinlar og'irligi mening elkamga tushmayotgani tabiiy hol. Katta taribaga ega futbolchilar bor. Shuning uchun qadamma qadam oldinga intilishim kerak. "Real"ga o'tganimda bu klubda ko'pchilik meni tanimas edi", - deydi Asensio.