"Real Madrid" himoyachisi Serhio Ramos jamoadoshi Krishtianu Ronalduning fikriga qarshi chiqdi.
"Men Krishtianuning fikriga qo'shilmayman. Tahminimcha, "Real"ning kuchsizlanishi yuzaki. Jarohatlangan futbolchilar safga qaytganidan so'ng hammasi joyiga tushadi. Albatta, tarkib o'zgargan. Lekin ba'zi futbolchilar jamoani tark etdi, ba'zilari esa keldi. Men uchun jamoada barcha bir xil. Ammo Ronalduning boshqa vazifasi bor. Individual sovrin borki, sen qanchalik ko'p gol ursang bu sovringa yetasan", - deydi Ramos.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu jamoadan Pepe, Morata va Xames ketganidan so'ng klub kuchsizlanib qolgani haqida aytib o'tgan edi.