"PSJ" yarim himoyachisi Anxel Di Mariya "Barselona"ga o'tishni istayotgani haqida ma'lumot berib o'tgandik. Argentinalik futbolchi "Real" muxlislariga yoqmaydigan fikrni ilgari surdi.
"Yozda "Barselona"ga o'tishga yaqin turgandim. Men hamisha "Barsa"ga o'tishga umid qilgandim, ammo bu amalga oshmadi.
"Real Madrid"? Ha, men u erda o'ynaganman. Ammo men "Real" fanati emasman. Mendan bu haqda so'rashganida hamisha shunday javob beraman. "Barselona"da o'ynash men uchun muammo bo'lmasdi", – dedi Di Mariya.
Eslatib o'tamiz, "PSJ" Anxel di Mariyani qo'yib yuborsa, 29 yoshli futbolchi "Barselona"da eng ko'p maosh oladigan uchinchi futbolchiga aylanadi.