"Atletik Bilbao" darvozaboni Kepa Arrisabalaga o'z jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Hozirgi kunda "Real", "Arsenal" va "Yuventus" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Londonliklar va turinlar 23 yoshli darvozabon uchun norasmiy taklif jo'natishgan.
Arrisabalaganing jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilda yakuniga yetadi, tomonlar esa haligacha yangi shartnomaga imzo chekishmadi.
Basklar yosh darvozabon bilan yangi shartnoma imzolab uning tovon pulini 75-100 mln yevro atrofida qilib qo'ymoqchi va shu orqali pul ishlash ilinjida.
Hozirgi kunda Kepaning narxi 20 mln yevro qilib belgilangan.