Chempionlar Ligasi 2017/18-mavsum uchun 1-savatchadan joy olgan jamoalar nomi aniq bo'ldi.
Unga ko'ra birinchi savatchadan: "Real" (Ispaniya chempioni), "Bavariya" (Germaniya chempioni), "Yuventus" (Italiya chempioni), "Benfika" (Portugaliya chempioni), "Chelsi" (Angliya chempioni), Shaxtyor (Ukraina chempioni), "Monako" (Fransiya chempioni) va "Spartak" (Rossiya chempioni) joy oldi.
Ikkinchi savatchadan esa: "Barselona", "PSJ", "Atletiko", "Borussiya D", "Manchester Siti" va "Portu" joy olgani aniq. Shuningdek, agarda "Manchester Yunayted" Yevropa Ligasida g'alaba qozonsa u ham 2-savatchadan joy oladi. Ispaniyada 4-o'rinni egallagan "Sevilya" CHL kvalifikatsiya roundidan guruh bosqichiga yo'l olsa u ham 2-savatcha vakiliga aylanadi.
Qolgan savatchalar saralashdan so'ng aniq bo'ladi.