“Atletik” klubi posboni Kep Arrisabalaga qishki transfer vaqtida “Real”ga ko'chib o'tishi mumkin.
Arrisabalaganing Bilbao klubi bilan shartnomasi shu mavsum oxirida yakuniga etadi. 23 yoshli posbon jamoasi bilan shartnomani uzaytirishni istamadi. “Real” esa uni Keylor Navasning o'rinbosari deb hisoblamoqda. “Qirollik klubi” yanvarda posbon uchun 20 mln evro to'lashga tayyor.
Shu paytga qadar “Real” “Manchester Yunayted” posboni David De Xeaga qiziqish bildirayotgandi.