Kolumbiya terma jamoasi va "Real" klubining sobiq yarimhimoyachisi Freddi Rinkonning fikricha, terma jamoa va "Bavariya" yarimhimoyachisi Hames Rodrigesda etakchilik qobiliyati yo'q.
"Hames Kolumbiya termasida hech qachon etakchi bo'lmagan. Etakchilik qobiliyati bor futbolchilar, boshqalarga bilmaydigan narsalarni his qiladilar", - deydi Rinkon.
Hamesning transfer huquqi "Real"ga tegishli bo'lib, u nemis grandida ijarada to'p surmoqda.
Futbolchi Kloumbiya terma jamoasida 57 o'yin o'tkazib, 19 ta gol urgan.