“Real” klubi “Santos”ning 16 yoshli hujumchisi Yuri Alberto uchun 45 mln evro taklif qildi. Ammo “Santos” bu taklifni rad etdi.
“Yuri Alberto — yangi Robino. Unga Evropa klublarining yarmi qiziqyapti, hatto “Real” 45 mln evro ham taklif qildi, ammo “Santos” takliflarni rad etdi”, dedi bu haqda Braziliya klubi matbuot kotibi Luis Taveyra.
O'tgan mavsumda Alberto “Santos”ning yoshlar jamoasi safida 35 ta o'yinda 51 ta gol urdi.