«Yuventus» yaqin orada hujumchi Paulo Dibalani hech qaerga qo'yib yubormaydi.
Calciomercato xabariga ko'ra, turinliklar futbolchini sotmasligini e'lon qilgan. Ma'lumki, argentinalik iqtidorga «Real» klubi asosiy da'vogar bo'lib turgan edi.
Dibala yaqinda «Keksa sinora» bilan yangi, 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi va klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylandi. U yiliga 7 million evro olmoqda.