Klub butkul Beylga ishonadi.
Uelslik futbolchi Garet Beyl faoliyatini hali uzoq vaqt "Real Madrid"da davom ettiradi, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tmoqda. Jamoa rahbarlari va prezident Florentino Peres uni qo'llab-quvvatlaydi va unga butkul ishonishlarini ma'lum qilib o'tishgan. Rahbarlar Garetni ketma-ket jarohat olishiga qaramay, futbolchini sotish haqida o'ylashmayotganini ta'kidlashgan.