«Real» klubi «PSJ» hujumchisi Neymarni o'z tomoniga og'dirib olmoqchi. Ma'lumotlarga qaraganda, madridliklar rahbariyati futbolchining otasi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. "Qirollik klubi" Neymarga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Shuningdek, «Real» «PSJ»dan nafaqat Neymarni, balki yarim himoyachi Marko Verrattini ham sotib olmoqchi.
Hozircha Neymarning «PSJ»dagi faoliyati borasida turli fikrlari tarqalmoqda. Ayrim xabarlarga ko'ra, braziliyalik futbolchi Parijdagi hayotga ko'nika olmayapti hamda jamoa murabbiylar shtabi bilan kelisha olmayapti.