"Barselona" xavbeki Usman Dembelening qachon safga qaytishi to'g'risida shifokor Sakari Orava bayanot berib o'tdi.
"Tiklanish kutilgandanda tezlik bilan amalga oshirilmoqda. Balki, u "Real" o'yingacha safga qaytishi mumkin, biroq bu faqat mumkin. Kafolat bera olmayman. U noyabr oyida to'p bilan muomila qila boshlaydi", - deydi Orava.
20 yoshli futbolchi "Barselona" safida 3 o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qilishga muvaffaq bo'ldi.