«Real» klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos o'z hayoti haqidagi hujjatli filmda suratga tushadi, deya xabar qilmoqda Bild nashri.
2019 yilda katta ekranga chiqishi kutilayotgan filmga futbolchining vatandoshi Leopold Xyosh prodyuserlik qiladi. Leopold o'zining «Bern mo'jizasi» filmi bilan mashhurdir, u 1954 yilda basketbol bo'yicha jahon chempionatida Germaniyaning g'olib chiqishi haqidagi kino hisoblanadi.
«Leopold men bilan bog'landi, ayrim sahnalar sinov tariqasida suratga olindi», - deydi Kroos.
Hujjatli filmni suratga olish jarayonlari dekabrdan boshlanadi.