"Barselona" hujumchisi Lionel Messi TOP-5 chempionatlarida futbolchilarni aldab o'tish borasida (dribling) yetakchilik qilmoqda. Messi jami 113 marta raqiblarni aldab o'tishga harakat qilgan va unda samaradorlik 60% tashkil etadi. Undan keyingi o'rinda Neymar 96 ta harakat (63%). Kuchli uchlikni "Borussiya Dortmund" yarimhimoyachisi Kristian Pulishich egallab turubdi. Qizig'i shundaki top-10 talikda "Real Madrid"dan hech bir futbolchi joy olmagan.