"Real" "PSJ" forvardi Neymarga qiziqmoqda.
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres braziliyalik futbolchini 2013-yildayoq qo'lga kiritmoqchi edi, biroq yakunda u "Barselona" tarkibiga borib qo'shildi.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra esa Florentino allaqachon Parijda Neymarning otasi bilan uchrashuv o'tkazgan. Bundan tashqari ular futbolchining agenti Vagner Ribeyro bilan ham a'loqaga chiqishdi. Madridliklar rahbarlari Neymarni Krishtianu Ronaldu o'rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda. Qolaversa 25 yoshli futbolchining o'zi ham Parijda baxtli emasligi, unga bu yerda yetarli shart-sharoitlar yaratib berilmayotganidan norozi ekanligini ta'kidlanmoqda.
Ma'lumot uchun, Neymar "PSJ" bilan 2022-yilgacha shartnoma imzolagan.