"Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu jamoasi bilan yangi shartnomaga imzo chekishi mumkin.
Ispaniyalik jurnalist Eduardo Inda xabar tarqatishicha, portugaliyalik futbolchi yangi shartnoma bo'yicha 30 million evro yillik maosh ola boshlaydi. Ronaldu yanvar oyida faoliyatidagi beshinchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi bilan "Real" unga 5 yillik shartnoma taklif qiladi.
"France Football" jurnali tomonidan topshiriladigan "Oltin to'p-2017" uchun Ronaldu asosiy da'vogar bo'lib turibdi.