"Valensiya" yarimhimoyachisi Gonsalu Gedesh Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasida. Ma'lumot uchun, Gedesh asli "PSJ" futbolchisi hisoblanadi va hozirda u "Valensiya" tarkibida ijara asosida to'p surmoqda.
"Menga "Real" va "Atletiko"dan qiziqishlar bo'layotgani haqida aytishdi, ammo men bu haqida o'ylamayapman. "Qirollik klubi" ketma-ket ikki marta Chempionlar Ligasini yutdi, "Atletiko" bo'lsa har doim grandlar qatorida. Men uchun ularning menga qiziqishlari muhim. Biroq, hozirgi paytda menga o'yin amaliyoti muhim va buni men "Valensiya"da olmoqdaman. Hozirda Ispaniyada baxtliman, lekin hech kim kelajagi haqida hech narsa deya olmaydi," - deydi portugaliyalik futbolchi Marca nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli futbolchiga "Real" bundan 3 yil oldin "Benfika"da to'p surayotgan payti ham qiziqish bildirgan edi, biroq yakunda "yangi Ronaldu" deb qaralayotgan futbolchini "PSJ" ilib ketgandi. Hozirgi kunda Gedesh La Ligada 9 o'yinda maydonga tushib (7 ta asosiy) 3 ta gol va 4 ta golga assistentlik qildi.