«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari bilan ushbu mavsumda Ispaniya chempionati to'purari bo'lish borasida bahs boyladi. Portugaliyalik futbolchi mavsum yakunida «Barselona» hujumchisi Lionel Messidan o'tib ketishga va'da berdi.
Ronaldu bahsda g'olib chiqsa, unda yutib olgan pullarni xayriya maqsadida sarflashini ta'kidladi.
Krishtianu ushbu mavsumda hozircha 7ta o'yinda maydonga tushib, bor-yo'g'i 1ta gol urdi. Messi esa 11ta uchrashuvda 12ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan.
Bundan tashqari, "Las-Palmas"ga qarshi o'yinda Isko urgan golini Ronaldu bilan birga nishonlamagani portugaliyalik futbolchiga yoqmadi.