"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamodoshlaridan Ispaniya chempionatida to'purar bo'lishi uchun yordam berishlarini so'ragan, bu haqida Onda Cero nashri xabar berib o'tadi.
Tasdiqlangan ma'lumotga ko'ra Ronaldu ushbu mavsumda Messini ortda qoldirib to'purar bo'lsa, undan tushadigan bonus pullarni xayr-exson qilmoqchi bo'lgan. Qolaversa Ronaldu "Las-Palmas"ga qarshi o'yinda Iskoning golidan so'ng golni nishonlamadi va undan norozi ekanligini ma'lum qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, hozircha futbolchi Primeroda bitta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa, Messi hisobida 12 ta gol mavjud.