"Real" prezidenti Florentino Peres "PSJ" hujumchisi Neymarni jamoaga olib kelish borasida o'ylay boshladi.
Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko'ra, parijliklar o'z futbolchisini "Madrid"ga qo'yib yubormoqchi emas. Manbaga ko'ra, Neymar o'zini Parijda yaxshi his qilmoqda va "Real"ga o'tmoqchi emas. Braziliyalik futbolchiga yoqmayotgan yagona holat — Unai Emeri. Mutaxassis Neymarga yulduz futbolchidek munosabatda bo'lmayapti hamda unga qo'shimcha imtiyozlar bermayapti. Braziliyalik futbolchi esa ko'proq erkinlik istamoqda.
Peres esa Ronalduning «Real» bilan shartnomasi yakuniga etganidan keyin Neymarni Madridga olib kelishni rejalashtirmoqda.